O‘ZBEKISTONDA AUDIT TIZIMINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TASHKIL ETISH: MUAMMO VA YECHIMLAR
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14467424Keywords:
Auditorlik faoliyati, axborot texnologiyalari, auditorlik dasturiy ta’minotlar, auditorlik tekshiruvi, auditorlik dalillar, auditor fikri, auditorlik xulosasi, auditorlik xizmatlari, IT-audit, moliyaviy hisobot auditi, auditni avtomatlashtirish, raqamlashtirish, auditor, auditorlik tashkiloti, auditorlik guruhi, ekspert, auditning xalqaro standartlari, audit usullari va amallariAbstract
Mazkur maqola O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish muammolari va ularni bartaraf etish yo‘nalishlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda auditorlik faoliyatida axborot texnologiyalarini qo‘llashning dolzarbligi va zarurati, mavzuga oid adabiyotlar sharhi, mavzu yuzasidan olib borilgan tahlillar va uning natijalari, tadqiqot natijalari yuzasidan olingan xulosalar va mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha mualliflik takliflari bayon qilingan. Shuningdek, maqolada xalqaro auditorlik amaliyotida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot turlari, auditorlik tekshiruvi jarayonida auditga oid dasturiy ta’minotni qo‘llanilmasligiga ta’sir etuvchi omillar, auditorlik tekshiruvi jarayonlarida zamonaviy dasturiy ta’minotni qo‘llash muammolari, dasturiy ta’minotga dalillarni kiritish orqali auditor fikrini shakllantirish tartibi, auditda axborot texnologiyalarini qo‘llash natijasida erishiladigan imkoniyatlar muallif fikrlari asosida bayon qilingan