MILLIY IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING AHAMIYATINI OSHIRISH

Authors

  • Shahnoza Mavlonova Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistri Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.19353549

Keywords:

xorijiy investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, investitsiya muhiti, investitsiya siyosati, innovatsiyalar, diversifikatsiya

Abstract

Mazkur tadqiqotda xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Xorijiy investitsiyalar kapital yetishmovchiligi sharoitida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi muhim tashqi moliyalashtirish manbai ekani asoslangan. Shu bilan birga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalarining iqtisodiy mazmuni hamda makroiqtisodiy ta’siri jihatidan farqlanishi ko‘rsatib berilgan. Qolaversa, tadqiqotda O‘zbekistonda investitsiya siyosati yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, sanoatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga yo‘naltirilgani yoritilgan. Shuningdek, 2023–2025-yillarda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining barqaror o‘sishi va xorijiy investitsiyalar ulushining ortishi mamlakat investitsiya jozibadorligi oshayotganini ko‘rsatadi. Hududlar kesimida investitsiyalar asosan rivojlangan hududlarda jamlangani, ammo boshqa hududlarda ham infratuzilma va diversifikatsiya orqali faollik ortib borayotgani aniqlangan. Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilashda huquqiy kafolatlar, siyosiy barqarorlik va tadbirkorlik erkinligi muhim omillar sifatida asoslab berilgan

References

1. Dunning J.H. Multinational Enterprises and the Global Economy. – Wokingham: Addison-Wesley, 1993.

2. Krugman P.R., Obstfeld M. International Economics: Theory and Policy. – Boston: Pearson, 2009.

3. Sachs J.D. The End of Poverty: Economic Possibilities for Our Time. – New York: Penguin Press, 2005.

4. Sugahara S., Ochilov B. The Experience of The Japanese State in Increasing Investment Activity in Uzbekistan. – 2023.// “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” ilmiy-ommabop electron jurnali. 285-291 pages.

5. Mollah Aminul Islam, Haiyun Liu, Muhammad Asif Khan, Md Tariqul Islam, Md Reza Sultanuzzaman. Does foreign direct investment deepen the financial system in Southeast Asian economies?// Journal of Multinational Financial Management, 12 February 2021. – P.13.

6. G.M. Galeeva and E.N. Kadeeva. Problems of attracting foreign direct investment into the regional economy.// Journal of Physics: Conference Series, 1730(2021) 012118, 2020. – P. 8.

7. Sh.I. Mustafakulov. Investitsion muhit jozibadorligi: nazariya, metodologiya va amaliyot. Monografiya. BMA. 2017. 208-b.

8. Sh.S. Oltayev. O‘zbekiston hududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari: muammo va yechimlar.// Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz, May, 2023.

9. www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy veb sahifasi

Downloads

Published

2026-03-30