TIJORAT BANKLARINING KREDITLASH AMALIYOTIDA RISKLARNI BOSHQARISHNING NAZARIY JIHATLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21288968Keywords:
kredit riski, tijorat banki, muammoli kredit (NPL), PD, LGD, EAD, skoring tizimi, sun’iy intellekt, Basel III, IFRS 9, CECL, kredit portfeli, diversifikatsiya, stress-test, risk-menejment.Abstract
Ushbu tadqiqotda 2022-2026-yillarda O‘zbekiston bank tizimida kredit risklariga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Jumladan, kreditlar va depozitlar dinamikasi, kredit portfelining sohalar, muddatlar va valyuta tarkibi bo‘yicha o‘zgarishlari hamda foiz stavkalari dinamikasi o‘rganilgan. Tahlillar natijasida kredit portfelining kengayishi, uzoq muddatli va xorijiy valyutadagi kreditlar ulushining kredit risklariga ta’siri, foiz stavkalarining o‘zgarishi hamda ularning qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatiga ta’siri baholangan. Shuningdek, muammoli kreditlar (NPL) darajasining o‘zgarish tendensiyalari va ularni kamaytirishda risk-menejment mexanizmlarining roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston bank tizimida kredit risklarini boshqarish samaradorligi ortib borayotganini hamda banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kredit portfelini diversifikatsiya qilish, valyuta risklarini cheklash va prudensial nazorat mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3697-son qarori.
2025-yil 28-oktabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “2025-2028-yillarda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi””si. 2025-yil 17-noyabr.
3. Mirzoyev F.Tijorat banklarida kreditlash riskini boshqarish holati tahlili // Green Economy and Development. - 2023. - T. 1, №6. - DOI: 10.55439/GED/vol1_iss6/a553.
4. Arzikulov O., To‘ychiyev D. Tijorat banklarining kredit portfelini boshqarish yo‘llari // International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. - 2023. - B. 158-167.
5. Zokirova D. I. Tijorat banklarining muammoli kreditlari tahlili va uni bartaraf etish usullari // Results of National Scientific Research International Journal. - 2023. - T. 2, №1. - B. 322-329.
6. Ergasheva L. Muammoli kreditlar va uni monitoring qilish tartibi // Innovative Development in Educational Activities. - 2023. - T. 2, №5. - B. 299-302.
7. https://cbu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb sahifasi ma’lumotlari.







