DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA XARAJATLARNI FAOLIYAT SEGMENTLARI KESIMIDA HISOBGA OLISHNI TAKOMILLASHTIRISH: ANALITIK SUBSCHYOTLAR, GIBRID TAQSIMLASH VA SEGMENT HISOBOTI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.22099018Keywords:
budjet hisobi, davlat oliy ta’lim muassasalari, faoliyat segmentlari, analitik subschyotlar, yordamchi xizmatlar, Activity-Based Costing, revenue-based allocation, segment disclosure, moliyaviy hisobot.Abstract
Maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarida xarajatlarni faoliyat segmentlari kesimida hisobga olish, yordamchi xizmatlar xarajatlarini iqtisodiy asoslangan mezonlar orqali taqsimlash hamda ushbu axborotni ichki boshqaruv hisobotida ochib berish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi ta’lim faoliyati, ilmiy tadqiqot faoliyati va yordamchi xizmatlar xarajatlarini alohida analitik yo‘nalishlarda aks ettirish, 710000, 730000 va 741000 hisobvaraqlari tarkibida faoliyatlar bo‘yicha analitik subschyotlarni shakllantirish hamda ularni segment hisobotiga bog‘lashdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, taqqoslash, guruhlash, iqtisodiy-statistik tahlil, funksional xarajatlar tahlili va Activity-Based Costing (ABC) yondashuvi elementlaridan foydalanildi. 2021–2025-yillardagi davlat oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy resurslari tarkibi hamda ilmiy faoliyat hajmi tahlil qilindi. Natijada 710000/1–3, 730000/1–3 va 741000/1–3 analitik hisobvaraqlar, ABC va revenue-based yondashuvlarni integratsiyalovchi gibrid taqsimlash mexanizmi hamda faoliyat segmentlari bo‘yicha ichki hisobot modeli taklif etildi. Xulosa sifatida mazkur yondashuv davlat oliy ta’lim muassasalarida xarajatlar to‘g‘risidagi axborotning aniqligi, shaffofligi va tahliliy imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilishi asoslandi.
References
1. Vale J., Amaral J., Abrantes L., Leal C., Silva R. Management Accounting and Control in Higher Education Institutions: A Systematic Literature Review // Administrative Sciences. – 2022. – Vol. 12. – No. 1. – Art. 14. – P. 1–22. – DOI: 10.3390/admsci12010014.
2. Skinnerup T. H. The Role of Accounting in Governing Public Organizations: The Case of the Danish University Sector: PhD thesis. – Frederiksberg: Copenhagen Business School, 2024. – 256 p. – (PhD Series; No. 27.2024). – DOI: 10.22439/phd.27.2024.
3. Sonjaya Y., Prasetianingrum S., Auliyah I., Labo I. A. Implementation of Public Sector Accounting Systems and Standards in Improving Financial Transparency // Advances in Applied Accounting Research. – 2025. – Vol. 3. – No. 1. – P. 1–13. – DOI: 10.60079/aaar.v3i1.420.
4. Ibragimov K.Sh. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni takomillashtirish (oliy ta’lim muassasalari misolida): iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent: Toshkent moliya instituti, 2018. – 54 b.
5. Mehmonov S.U. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi: nazariya va amaliyot: monografiya. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2016. – 136 b.
6. Ostonokulov A.A. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va hisoboti metodologiyasini takomillashtirish: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent: Davr matbuot savdo, 2021. – 72 b.
7. Norquchqorov A. Z. Davlat sektoridagi oliy ta’lim muassasalarda smetalar ijrosi hisobi va hisobotini takomillashtirish: iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent: Mashhur-press, 2025.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Davlat oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy ma’lumotlari (2021–2025-yillar): idoraviy ma’lumotlar to‘plami.
9. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Ilmiy faoliyat bo‘yicha statistik ma’lumotlar.







