TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLARNI PREVENTIV BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.68549/bd9mzm57Keywords:
tijorat banklari, muammoli kreditlar, NPL, kredit riski, erta ogohlantirish tizimi, Pre-collection, Soft Collection, raqamli monitoring, W-BASE, Hard-Action, qarzdorlarni segmentlashtirish, kreditlarni undirish.Abstract
Mazkur maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarishning an’anaviy reaktiv modelidan kredit risklarini erta aniqlash, qarz oluvchilarni segmentlashtirish va raqamli monitoringga asoslangan preventiv hamda proaktiv boshqaruv modeliga o‘tishning ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. O‘zbekiston bank tizimi va AT «Xalq banki» kredit portfeliga oid statistik hamda operatsion ma’lumotlar asosida jismoniy shaxslar kreditlarini to‘lov kechikishi muddati va risk darajasi bo‘yicha differensial segmentlashtirish, Pre-collection, Auto-to‘lov, Soft Collection, Kassir-Chakana va Field Collection bosqichlarini integratsiyalash, shuningdek, W-BASE, CRM, Field Mobile, Call&Action va Hard-Action axborot tizimlarini yagona raqamli boshqaruv muhitida birlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Natijalar kredit to‘lovi muddati yetib kelishidan oldin boshlanadigan preventiv muloqot muammoli qarzdorlik chuqurlashuvi xavfini kamaytirishga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bankning amaliy ma’lumotlariga ko‘ra, W-BASE tizimidan foydalanish portfel ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan qayta ishlash vaqtini 5 soatdan 6–7 daqiqagacha qisqartirgan. Sud-huquq va majburiy ijro jarayonlarini Hard-Action tizimi orqali markazlashgan tarzda kuzatish hamda bank, Savdo-sanoat palatasi (SSP), sud organlari va Majburiy ijro byurosi (MIB) o‘rtasida elektron axborot almashinuvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Downloads
References
1. European Banking Authority. Guidelines on management of non-performing and forborne exposures: Final report. — EBA/GL/2018/06. — 31 October 2018. — 130 p. — URL: https://www.eba.europa.eu/guidelines-management-non-performing-and-forborne-exposures
2. European Banking Authority. EBA Report on Big Data and Advanced Analytics. — EBA/REP/2020/01. — January 2020. — 60 p. — URL: https://www.eba.europa.eu/publications-and-media/press-releases/eba-report-identifies-key-challenges-roll-out-big-data-and
3. Nwafor C. N., Nwafor O. Z. Determinants of non-performing loans: An explainable ensemble and deep neural network approach // Finance Research Letters. — 2023. — Vol. 56. — Art. 104084. — P. 1–9. — DOI: 10.1016/j.frl.2023.104084.
4. Alnabulsi K., Kozarević E., Hakimi A. Assessing the determinants of non-performing loans under financial crisis and health crisis: evidence from the MENA banks // Cogent Economics & Finance. — 2022. — Vol. 10, no. 1. — Art. 2124665. — P. 1–23. — DOI: 10.1080/23322039.2022.2124665.
5. Ozili P. K. Bank non-performing loans in the fintech era // International Journal of Financial Innovation in Banking. — 2022. — Vol. 3, no. 2. — P. 95–112. — DOI: 10.1504/IJFIB.2022.124197.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimi, kredit portfeli, muammoli kreditlar va aktivlar sifati bo‘yicha statistik ma’lumotlar. — Toshkent. — URL: https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/
7. AT «Xalq banki». 2024–2026-yillardagi kredit portfeli, muammoli kreditlar va kredit risklarini boshqarishga oid amaliy ma’lumotlar. — Toshkent, 2026.
8. AT «Xalq banki». Pre-collection, Auto-to‘lov, Soft Collection, Kassir-Chakana, Field Collection, W-BASE, CRM, Field Mobile, Call&Action va Hard-Action tizimlari bo‘yicha amaliy ma’lumotlar. — Toshkent, 2026.
