MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21278421Abstract
Ushbu maqolada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti sharoitida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning institutsional, moliyaviy va ijtimoiy mexanizmlarini tizimlashtirish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy va qiyosiy tahlil, statistik guruhlash hamda tizimli yondashuv usullaridan foydalanilgan. Natijada xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar makroiqtisodiy, institutsional va mikroiqtisodiy darajalarda baholanib, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, hududiy tengsizlikni kamaytirish, tadbirkorlik va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda davlat dasturlari samaradorligini monitoring qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.







