TURISTIK SALOHIYATGA EGA HUDUDLARDA XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARINI INTEGRAL BAHOLASH VA PROGNOZLASH METODIKASI (O‘ZBEKISTON VILOYATLARI MISOLIDA)

Mualliflar

  • Akbarjon Akramov Tayanch doktorant, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti. Muallif

##semicolon##

https://doi.org/10.5281/zenodo.23157444

##semicolon##

xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, turistik salohiyat, integral indeks, entropiya usuli, min-maks normallashtirish, hududiy rivojlanish, prognozlash, konvergensiya.

Abstrak

Maqolada turistik salohiyatga ega hududlarda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanish darajasini integral baholash metodikasi ishlab chiqilgan va u O‘zbekiston Respublikasining 14 ta hududi misolida amaliy sinovdan o‘tkazilgan. Metodika min-maks normallashtirish, entropiya usuli asosida obyektiv vazn belgilash hamda tortilgan arifmetik agregatlash bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Hisob-kitoblar Milliy statistika qo‘mitasining 2010–2025-yillarga oid rasmiy ochiq ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan. Natijalar Samarqand, Toshkent, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari yuqori guruhni tashkil etishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, turistik salohiyati yuqori hududlar integral indeks darajasi bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lsa-da (0,534 ga nisbatan 0,446), real o‘sish sur’ati bo‘yicha boshqa hududlardan ortda qolmoqda (9,01 foizga nisbatan 9,38 foiz). Integral indeks bilan 2026-yilgi o‘sish sur’ati o‘rtasidagi Spirmen rang korrelyatsiyasi manfiy (–0,566) bo‘lib, hududlararo konvergensiya alomatlari mavjudligini ko‘rsatadi. 2030-yilgacha inersion va maqsadli prognoz variantlari hisoblangan.

Yuklashlar

Yuklab olish maʼlumotlari hali mavjud emas.

##submission.citations##

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2025. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-7531559

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-348-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2025. – URL: https://lex.uz/uz/acts/-7851788

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi “Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-161-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2026. – URL: https://lex.uz/uz/acts/-8167886

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

PQ-78-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2025. – URL: https://lex.uz/uz/acts/-7408455

5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Ochiq ma’lumotlar portali: bozor xizmatlari va hududiy statistika ma’lumotlari (ma’lumotlar to‘plamlari: 1.05.01.0001; 1.05.01.0023; 1.05.01.0045; 1.05.01.0047; 1.05.01.0048; 1.05.01.0081; 1.05.01.0082; 1.01.01.0002; 1.01.01.0010; 1.01.02.0001; 1.01.06.0001–1.01.06.0043). – URL: https://stat.uz/uz/

6. Crouch G. I., Ritchie J. R. B. Tourism, competitiveness, and societal prosperity // Journal of Business Research. – 1999. – Vol. 44, No. 3. – P. 137–152.

7. Dwyer L., Kim C. Destination competitiveness: Determinants and indicators // Current Issues in Tourism. – 2003. – Vol. 6, No. 5. – P. 369–414.

8. Cracolici M. F., Nijkamp P. The attractiveness and competitiveness of tourist destinations: A study of Southern Italian regions // Tourism Management. – 2009. – Vol. 30, No. 3. – P. 336–344.

9. Nardo M., Saisana M., Saltelli A., Tarantola S., Hoffman A., Giovannini E. Handbook on Constructing Composite Indicators: Methodology and User Guide. – Paris: OECD Publishing, 2008. – 162 p.

10. Saisana M., Saltelli A., Tarantola S. Uncertainty and sensitivity analysis techniques as tools for the quality assessment of composite indicators // Journal of the Royal Statistical Society: Series A. – 2005. – Vol. 168, No. 2. – P. 307–323.

11. Shannon C. E. A mathematical theory of communication // Bell System Technical Journal. – 1948. – Vol. 27, No. 3. – P. 379–423.

12. Zhou P., Ang B. W., Poh K. L. Comparing aggregating methods for constructing the composite environmental index: An objective measure // Ecological Economics. – 2006. – Vol. 59, No. 3. – P. 305–311.

13. Mansurova N. Sh. O‘zbekistonning turizm salohiyati: barqaror rivojlanish istiqbollari // Iqtisodiyot va turizm. – 2024. – № 4(18). – B. 147–157.

14. United Nations, World Tourism Organization, OECD, Eurostat. Tourism Satellite Account: Recommended Methodological Framework 2008. – New York: United Nations, 2010. – 145 p.

15. United Nations, World Tourism Organization. International Recommendations for Tourism Statistics 2008. Series M, No. 83/Rev.1. – New York: United Nations, 2010. – 145 p.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-10-04