Jurnal talablari
“Moliya, pul va kredit” xalqaro va mahalliy miqyosidagi ilmiy-ommabop jurnali uchun maqola topshirish talablari
Maqola yozish tartibi IMRAD talablari bilan belgilanadi va ular quyidagilardan iborat:
Maqola sahifalari: 3 (uch) sahifadan boshlab -12 (o‘n ikki) sahifagacha.
Shrift: Times New Roman
Shrift hajmi: 14 (o‘n to‘rt)
Satr oralig‘i: 1,15 (biru, o‘n besh)
Maydoni: 2 sm chap, 2 sm o‘ng, 2 sm yuqori va pastki.
Maqola tillari: O‘zbek, rus, ingliz.
Maqolaning birinchi qismi – sarlavha (katta harflarda maqolaning nomi, muallif haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari). Mualliflar soni 4 (to‘rt) kishidan oshmasligi kerak.
Annotatsiya - tadqiqot ishining qisqacha mazmuni. U tadqiqotning maqsadi, metodologiyasi, natijasi va xulosasini aks ettiradi.
Kalit so‘zlar – muallif tomonidan tanlangan mavzuga muvofiq maqolada 2 (ikki) tadan ortiqroq qo‘llanilgan atamalar yokida ilmiy so‘zlar ketma-ketligi aks etadi.
Kirish - maqolaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, muammolari va asoslari, shuningdek, farazlari keltiriladi.
Adabiyotlar tahlili - mavzu doirasida mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan chop etilgan ilmiy tadqiqot ishlarini o‘rganish va ular haqida qisqacha xulosalar berishni ko‘zda tutadi.
Tadqiqot metodologiyasi - ushbu qismda maqolani olib borayotgan tadqiqotchi tadqiqotning natijalar qismini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan usullarni, foydalanilgan ma’lumotlar bazalarini, agar muallif birlamchi ma’lumotlardan foydalansa, ushbu ma’lumotlarni shakllantirish usullarini tavsiflaydi.
Tahlil va natijalar muhokamasi - maqolaning natijalar qismi eng muhim qismlardan biri hisoblanadi. Ushbu qismda tadqiqotchi kirish qismida berilgan savollarga javob topishi uchun hisobotlarni taqdim etadi. Tadqiqot natijalari ushbu bo‘limda keltiriladi. Natijalar odatda qandaydir shakl va formatda taqdim etiladi: jadvallar, grafiklar, diagrammalar, tenglamalar, fotosuratlar, chizmalar yoki matnlar. Suratlarda qisqacha sharhlar, taqqoslashlar, statistik baholashlar berilgan bo‘lishi kerak. Bunda tadqiqotchi metodologiya bo‘limida ko‘rsatilgan usullar orqali ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.
Xulosa va takliflar – bunda maqolada tadqiq etilgan muammo yechimlari yuzasidan hamda o‘rganilgan vaziyatni yanada yaxshilash borasidagi fikrlar, shuningdek, ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar shakllantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati - adabiyotlar ro‘yxati manzilli aks ettirilishi va maqola ichidagi havola raqam [1], [2], [3] tartib ketma-ketligiga muvofiq shakllantirish hamda MLA yokida APA uslubidan foydalangan holda joylashitririlishi tavsiya etiladi. Misol tariqasida: Ochilov B. MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSION JOZIBADORLIKNI YAXSHILASH MASALALARI //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2023. – Т. 24. – №. 1. – С. 75-81.
1) Muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2) Nashrning nomi;
3) Qaysi jurnalda chop etilganligi;
4) Jurnalning qaysi sonida chop etilganligi;
5) Nashr etilgan yili;
6) Maqola jurnalning qaysi sahifasidan olingan.
Shuningdek, foydalanilayotgan adabiyotlar orasida Qonunlar, Farmonlar, Qarorlar keltirilsa, ular adabiyotlar ro‘yxatining birinchi qismida keltiriladi va u quyidagicha ko‘rsatiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
Foydalanilgan veb-saytlar ro‘yxati quyidagi tartibda beriladi:
- www.miit.uz - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
Jurnalda maqolalarni e’lon etish uchun maqolalarni elektron shaklda, maqolani MS Word (.docx) formatida muallifning shaxsiy elektron pochtasidan mpk_journal@eyib.uz manziliga yoki bo‘lmasa telegram orqali @mpk_journal manziliga yuborish mumkin.