IQLIM VA ENERGIYA OMILI: INNOVATSION ISSIQXONALAR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINING STRATEGIK YECHIMI SIFATIDA
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21437063Keywords:
innovatsion issiqxonalar, issiqlik nasoslari, soliq imtiyozi, subsidiya, iqtisodiy samaradorlik, barqaror rivojlanish, energiya tejamkorligi.Abstract
Maqolada issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda ushbu texnologiyalarning iqtisodiy va ekologik samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda soliq imtiyozlari, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar orqali sohani rag‘batlantirish siyosati, shuningdek, eksport tartiblarini liberallashtirish va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada issiqlik nasoslarining afzalliklari bilan bir qatorda ularning joriy etilishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy, texnik va tashkiliy cheklovlar ham tahlil etilgan. Xususan, dastlabki investitsiya hajmining yuqoriligi, energiya ta’minotining barqarorligi, inson kapitali yetishmasligi va loyihalashdagi xatolar kabi omillar tizimli yondashuv zaruratini oshirishi ta’kidlangan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-181-son farmoni. 08.10.2025-y.
2. Abdullayev I., Nurmetov Q. O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishning iqtisodiy-iqtisodiy asoslari. – Toshkent: «Fan va texnologiya», 2022. – 248 b.
3. Alimov R.K., Xo‘jamurodov Sh.Sh. Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror qishloq xo‘jaligi. Monografiya. – Toshkent: «Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar» ilmiy-elektron jurnali nashriyoti, 2023. – 312 b.
4. Bobojonov I., Hasanov S., Ganiev I. O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va eksport salohiyati// Agrar iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy axborotlari. – Toshkent, 2024. – № 1. – B. 45–58.
5. Djumaniyazov U., Rakhimov M. Issiqxona xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va suv resurslarini tejash. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2023. – 180 b.
6. Eshonqulov J., Mamarasulova G. O‘zbekiston sharoitida issiqxona iqtisodiyotining ekologik-iqtisodiy samaradorligi //Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. – Toshkent, 2024. – № 3. – B. 22–31.
7. Ibragimov A.A., Tursunov O. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda issiqxona xo‘jaligining o‘rni. – Toshkent: «Moliya va iqtisodiyot» nashriyoti, 2021. – 156 b.







