SOLIQ TOʻLOVCHILAR TOMONIDAN SOLIQ MAJBURIYATLARINING IXTIYORIY BAJARILISHIDA MARKAZIY MAʼLUMOTLAR BAZASINING OʻRNI

Authors

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23029745

Keywords:

soliq maʼmurchiligi, raqamli iqtisodiyot, maʼmuriy yuk, elektron hukumat, davlat axborot resurslarini integratsiyalash, yagona identifikator (STIR, JSHSHIR), elektron soliq xizmatlari, risk-tahlil, Tax Administration 3.0.

Abstract

Ushbu maqolada soliq toʻlovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarishda maʼmuriy yukni kamaytirish hamda markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ahamiyati tadqiq etilgan. Oʻzbekistonda 2020-yilgacha soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning turli davlat organlarida alohida va tarqoq shaklda yuritilishi natijasida bir xil hujjat va maʼlumotlarning takroran talab qilinishi, bu esa xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun qoʻshimcha vaqt va moliyaviy xarajatlarni yuzaga keltirishi tahlil qilingan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
4-sentabrdagi 539-son qarori asosida tashkil etilgan markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining shakllanishi, yuritilish mexanizmi va idoralararo axborot almashinuvidagi oʻrni yoritilgan. Mazkur bazaning soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, soliq toʻlovchilarga koʻrsatiladigan elektron xizmatlar sifatini oshirish, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartirish hamda soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish uchun qulay shart-sharoit yaratishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari asosida markaziy maʼlumotlar bazasini yanada takomillashtirish va soliq organlari hamda soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi axborot almashinuvini samarali tashkil etishga qaratilgan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. United Nations Conference on Trade and Development (UNCTAD). World Investment Report 2025: International Investment in the Digital Economy. – Geneva; New York: United Nations,

2025. – P. 171, 195. – 274 p. – ISBN 978-92-1-003558-3.

2. OECD. Tax Administration 3.0: The Digital Transformation of Tax Administration. – Paris: OECD Publishing, 2020. – P. 10–13. – 73 p. – DOI: 10.1787/ca274cc5-en.

3. Kirchler E. The Economic Psychology of Tax Behaviour. – Cambridge: Cambridge University Press, 2007. – P. 200–204. – 264 p. – DOI: 10.1017/CBO9780511628238.

4. Alm J., Torgler B. Do Ethics Matter? Tax Compliance and Morality // Journal of Business Ethics. – 2011. – Vol. 101, No. 4. – P. 635–651. – DOI: 10.1007/s10551-011-0761-9.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida: 2019-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-599-son. – 1-modda. – URL: https://lex.uz/docs/4674011

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida: 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qaror. – 1–2-bandlar; 1-ilova. – URL: https://lex.uz/docs/4980337

7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi. “Fiskal tahlil” rasmiy Telegram kanali. – URL: https://t.me/fiskaltahlil

Downloads

Published

2026-09-28