SUG‘URTA TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDIT YIG‘MA HISOBOTINING XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17172887Keywords:
ichki audit, yig‘ma hisobot, xalqaro standartlar, sug‘urta tashkilotlari, moliyaviy barqarorlik, raqamlashtirish.Abstract
Mazkur maqolada sug‘urta tashkilotlarida ichki audit yig‘ma hisobotini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Ichki audit yig‘ma hisobotlari nafaqat korxona ichki boshqaruvini samarali tashkil etishda, balki moliyaviy barqarorlik va shaffoflikni ta’minlashda ham muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, maqolada xalqaro audit standartlari talablarini milliy amaliyotga moslashtirish zaruriyati asoslab berilgan. Shuningdek, tadqiqotda ichki audit yig‘ma hisobotlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar, xususan, axborotlarning yetarliligi, ularning ishonchliligi va taqqoslanuvchanligi bilan bog‘liq jihatlar tahlil qilingan. Shuningdek, hisobotlarni raqamlashtirish, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda sug‘urta kompaniyalarida risklarni boshqarish jarayoniga integratsiya qilish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Olingan natijalar sug‘urta tashkilotlari uchun ichki audit yig‘ma hisobotini takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash, xalqaro tajribadan samarali foydalanish va milliy amaliyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
References
1. The Institute of Internal Auditors (IIA). International Professional Practices Framework (IPPF). Altamonte Springs, Florida, 2017.
2. COSO. Internal Control – Integrated Framework. Committee of Sponsoring Organizations of the Treadway Commission, 2013.
3. Sawyer, L., Dittenhofer, M., & Scheiner, J. Sawyer’s Internal Auditing: The Practice of Modern Internal Auditing. Institute of Internal Auditors, 2003.
4. Tursunov X., Karimov M., Rasulov N. Ichki audit tizimini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2020.
5. The Institute of Internal Auditors. International Professional Practices Framework (IPPF). – Altamonte Springs, FL: The IIA, 2017. – 128 p.
6. Committee of Sponsoring Organizations of the Treadway Commission. Internal control – Integrated framework. – New York: AICPA, 2013. – 192 p.
7. Committee of Sponsoring Organizations of the Treadway Commission. Enterprise risk management: Integrating with strategy and performance. – New York: AICPA, 2017. – 130 p.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Sug‘urta tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risidagi nizom. – Toshkent, 2022.
9. Basel Committee on Banking Supervision. The internal audit function in banks. – Basel: Bank for International Settlements, 2012.







