O‘ZBEKISTONDA AUDITORLIK XIZMATLARI BOZORINING JORIY HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Authors

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18864493

Keywords:

auditorlik faoliyati, auditorlik xizmatlari bozori, moliyaviy shaffoflik, xalqaro audit standartlari (ISA), moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS), raqamli audit, auditorlik xulosasi, investitsion jozibadorlik, sifat nazorati, institutsional islohotlar

Abstract

Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonda auditorlik xizmatlari bozorining hozirgi holati, rivojlanish tendensiyalari va mavjud muammolari tahlil qilingan. Ishda auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasi shakllanishi, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS) hamda xalqaro audit standartlari (ISA)ga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni va so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning mazmuni yoritilgan. Shuningdek, auditorlik xizmatlari bozoridagi asosiy muammolar — malakali kadrlar yetishmasligi, xalqaro sertifikatga ega auditorlar ulushining pastligi, xizmatlar sifati, raqobat muhiti, raqamlashtirish darajasining yetarli emasligi va bozor ulushining pastligi kabi omillar tahlil etilgan. Statistik ko‘rsatkichlar asosida auditorlar soni, auditorlik tashkilotlari faoliyati va auditorlik xulosalari turlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot yakunida auditorlik faoliyatini 2025–2030-yillarda rivojlantirishning uch bosqichli modeli taklif etilgan bo‘lib, unda qonunchilikni takomillashtirish, raqamli audit tizimini joriy etish, xalqaro integratsiyani kuchaytirish hamda milliy auditorlik brendini shakllantirish masalalari ilgari surilgan. Natijada auditorlik xizmatlari sifati va hajmini oshirish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash hamda investorlar ishonchini mustahkamlashga erishish mumkinligi asoslab berilgan

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ–677-son: “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” (25.02.2021).

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, PQ–4611-son: “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar…” (24.02.2020).

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, PQ–282-son: “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari…” (15.09.2025).

4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabari: PQ–282 qarori va MHXSga o‘tishning yangi bosqichi haqida ma’lumot.

5. DeAngelo, L. (1981) yondashuvi audit sifati konsepsiyasida (adabiyotlar sharhi manbasi).

6. Arens, A. A., Elder, R. J., Beasley, M. S. “Auditing and Assurance Services” (Pearson nashri sahifasi).

7. ISA 200: “Overall Objectives of the Independent Auditor…” (ISA matni).

8. IAASB: ISA 700 (Revised) – auditor fikrini shakllantirish va hisobot berish.

9. Шеремет А.Д., Суйц В.П. “Аудит: Учебник”.

10. Савин А.А., Подольский В.И. “Аудит”.

Published

2026-02-28