KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA IJTIMOIY HIMOYANI MOLIYALASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON UCHUN METODOLOGIK XULOSALAR
##doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20746399Kalit so‘zlar:
kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyani moliyalashtirish, moliyaviy mexanizm, xorijiy tajriba adaptatsiyasi, manzilli transfertlar, ijtimoiy reyestr, fiskal yuk, funksional integratsiya.Abstrak
Mazkur maqolada kambag‘allikni qisqartirishda ijtimoiy himoyani moliyalashtirishning xorijiy tajribasi qiyosiy va tizimli jihatdan tahlil qilinib, uning alohida funksional elementlarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqotning maqsadi xorijiy moliyalashtirish modellarini to‘liq ko‘chirish emas, balki mamlakatning budjet imkoniyatlari, mehnat bozori tuzilmasi va institutsional salohiyatiga mos elementlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, institutsional tahlil va deskriptiv usullardan foydalanilgan. Universal ijtimoiy himoya, majburiy ijtimoiy sug‘urta, manzilli pul transfertlari, yagona ijtimoiy reyestr, shartli transfertlar, adaptiv ijtimoiy himoya, mobil to‘lovlar, mikromoliya va integratsiyalashgan mahalliy xizmatlar fiskal yuk, badal bazasi, institutsional tayyorlik va manzillilik mezonlari asosida baholangan. Tahlil natijasida O‘zbekiston uchun yagona ijtimoiy reyestr asosida yordam tayinlash, manzilli transfertlarni ta’lim, sog‘liqni saqlash va bandlik xizmatlari bilan bog‘lash, mobil to‘lov kanallaridan foydalanish, individual “kambag‘allikdan chiqarish xaritasi”ni joriy etish hamda natijadorlikka asoslangan monitoring tizimini rivojlantirish eng maqbul yo‘nalishlar sifatida aniqlangan. Tadqiqot natijalari xorijiy tajribani funksional moslik tamoyili asosida bosqichma-bosqich milliy moliyaviy mexanizmga integratsiya qilish ijtimoiy himoyaning manzilliligi, moliyaviy barqarorligi va natijadorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Библиографические ссылки
1. World Bank. (2024). Poverty, prosperity, and planet report 2024: Pathways out of the polycrisis. World Bank. DOI: 10.1596/978-1-4648-2123-3.
2. Smith, A. (1776). An inquiry into the nature and causes of the wealth of nations. W. Strahan & T. Cadell.
3. Ricardo, D. (1817). On the principles of political economy and taxation. John Murray.
4. Malthus, T. R. (1798). An essay on the principle of population. J. Johnson.
5. Keynes, J. M. (1936). The general theory of employment, interest and money. Macmillan.
6. Schultz, T. W. (1961). Investment in human capital. The American Economic Review, 51(1), 1–17.
7. Becker, G. S. (1964). Human capital: A theoretical and empirical analysis. Columbia University Press.
8. Sen, A. (1999). Development as freedom. Oxford University Press.
9. Banerjee, A. V., & Duflo, E. (2011). Poor economics: A radical rethinking of the way to fight global poverty. PublicAffairs.
10. Esping-Andersen, G. (1990). The three worlds of welfare capitalism. Princeton University Press.
11. Cichon, M., Scholz, W., van de Meerendonk, A., Hagemejer, K., Bertranou, F., & Plamondon, P. (2004). Financing social protection. International Labour Office.
12. Fiszbein, A., Kanbur, R., & Yemtsov, R. (2014). Social protection and poverty reduction: Global patterns and some targets. World Development, 61, 167–177.
13. Devereux, S., & Sabates-Wheeler, R. (2004). Transformative social protection (IDS Working Paper No. 232). Institute of Development Studies.
14. Raxmonov, D.A. (2018). O‘zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent. 70 b.
15. Davronov, Sh.Z. (2022). O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta tizimini tashkil etishning metodologik asoslarini takomillashtirish [Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati]. Toshkent. 72 b.
16. Beknazarov, Z.E. (2023). O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent. 68 b







