TURIZM XIZMATLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mualliflar

  • Gulnora Umurzaqova Andijon davlat texnika instituti doktoranti. Muallif

##doi.readerDisplayName##:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22099020

Kalit so‘zlar:

turizm xizmatlari, raqobatbardoshlik, raqobatbardoshlikni boshqarish, boshqaruv mexanizmlari, integral baholash, raqobat ustunligi, xizmatlar sifati, turistik infratuzilma, raqamli texnologiyalar.

Abstrak

Ushbu maqolada turizm xizmatlari raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Raqobatbardoshlik kategoriyasining iqtisodiy mazmuni va mohiyati turli davrlarda xorijiy hamda mahalliy olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, turizm xizmatlari raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, xizmatlar sifati, narx siyosati, servis darajasi, turistik infratuzilma, innovatsion va raqamli texnologiyalardan foydalanish, mijozlar ehtiyojini qondirish darajasi hamda turistik destinatsiyaning jozibadorligi yoritilgan. Tadqiqotda turizm xizmatlari raqobatbardoshligini kompleks baholash imkonini beruvchi integral ko‘rsatkichdan foydalanish metodikasi asoslab berilgan. Mazkur yondashuv orqali turizm xizmatlarining alohida raqobat ustunliklarini yagona integral bahoga birlashtirish hamda ularning raqobatbardoshlik darajasini qiyosiy baholash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida turizm xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish, boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va turistik korxonalarning bozordagi barqaror raqobat ustunliklarini shakllantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Библиографические ссылки

1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida turistik oqimlar, 2024-yil yanvar–dekabr. URL: www.stat.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Xizmatlar eksporti xizmat turlari bo‘yicha. — Toshkent: SIAT, 2026. URL: www.stat.uz

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Turizm va madaniyat sohasidagi masalalar muhokama qilindi. — Toshkent, 2026. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoni.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin koʻpaytirish va turistik xizmatlar koʻlamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Turizm sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalar. — Toshkent, 2025. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti.

7. Porter M. E. The Competitive Advantage of Nations. — New York: Free Press, 1990. — 896 p.

8. Hassan, Salah. Determinants of Market Competitiveness in an Environmentally Sustainable Tourism Industry // Journal of Travel Research, 38 (February): (2000) 239-245 рр.

9. Davies H., Ellis P. Porter’s competitive advantage of nations: time for the final judgement? //Journal of management studies. – 2000. – Т. 37. – №. 8. – 1189-1214 рр.

10. Crouch G. I., Ritchie J. R. B. Tourism, Competitiveness, and Societal Prosperity // Journal of Business Research. — 1999. — Vol. 44, No. 3. — P. 137–152.

11. Warr P. G. Comparative and competitive advantage //Asian‐Pacific Economic Literature. – 1994. – Т. 8. – №. 2. 1- 14 рр.

12. Ritchie J. R. B., Crouch G. I. The Competitive Destination: A Sustainable Tourism Perspective. — Wallingford: CABI Publishing, 2003. — 272 p.

13. Grant R. M. Porter’s ‘competitive advantage of nations’: An assessment // Strategic Management Journal. – 1991. – Vol. 12, No. 7. – P. 535–548.

14. Saaty T. L. The Analytic Hierarchy Process: Planning, Priority Setting, Resource Allocation. – New York; London: McGraw-Hill International Book Co., 1980. – 287 p.

Загрузки

Nashr qilingan

2026-08-23