INVESTITSIYA KO‘CHMAS MULK HISOBINI TAKOMILLASHTIRISHNING USLUBIY VA AMALIY YO‘NALISHLARI
##doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.22131588Kalit so‘zlar:
investitsiya ko‘chmas mulki, BHXS 40, haqqoniy qiymat, tannarx modeli, 0195 schyot, 0295 schyot, 8540 schyot, ijara daromadi, to‘lovga qobiliyatsizlik xavfi, rentabellik, raqamli monitoring.Abstrak
Mazkur maqolada investitsiya ko‘chmas mulkini tan olish, tasniflash, baholash va buxgalteriya hisobida alohida aks ettirishning uslubiy hamda amaliy masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqot BHXS 40 “Investitsiya ko‘chmas mulki” talablari, milliy hisob amaliyoti va “O‘ztransgaz” AJ ma’lumotlari asosida olib boriladi. Maqolada investitsiya ko‘chmas mulki obyektlarini asosiy vositalardan iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ajratish, ularning qiymati va amortizatsiyasini alohida nazorat qilish maqsadida 0195 – “Investitsiya ko‘chmas mulki” hamda 0295 – “Investitsiya ko‘chmas mulki amortizatsiyasi” schyotlarini qo‘llash yondashuvi asoslanadi. Shuningdek, ijara munosabatlarida tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan ijarachining “to‘lovga qobiliyatsizlik xavfi kartasi”, investitsiya ko‘chmas mulkining haqqoniy qiymati oshishini kapital tarkibida aks ettirish uchun 8540 – “Investitsiya ko‘chmas mulkni haqqoniy qiymatda baholash rezervi” schyotidan foydalanish hamda obyektlar daromadliligi, sof tushumi, rentabelligi va o‘zini oqlash muddatini tezkor baholovchi raqamli monitoring tizimi yoritiladi. Bundan tashqari, rekonstruksiya va joriy ta’mirlash xarajatlarini ajratish, aralash foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlarini to‘g‘ri tasniflash va obyektlarni mustaqil baholash bo‘yicha amaliy yondashuvlar ishlab chiqiladi. Taklif etilayotgan mexanizmlar moliyaviy hisobot shaffofligini oshirish, investitsiya obyektlari samaradorligini aniq baholash va boshqaruv qarorlarini axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-282-son Qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish hamda kapital bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-258-son Qarori.
3. Muller K. A., Riedl E. J., Sellhorn T. Mandatory fair value accounting and information asymmetry: Evidence from the European real estate industry // Management Science. – 2011. – Vol. 57, No. 6. – P. 1138–1153. – DOI: https://doi.org/10.1287/mnsc.1110.1339
4. Quagli A., Avallone F. Fair value or cost model? Drivers of choice for IAS 40 in the real estate industry // European Accounting Review. – 2010. – Vol. 19, No. 3. – P. 461–493. – DOI: https://doi.org/10.1080/09638180.2010.496547
5. Christensen H. B., Nikolaev V. V. Does fair value accounting for non-financial assets pass the market test? // Review of Accounting Studies. – 2013. – Vol. 18, No. 3. – P. 734–775. – DOI: https://doi.org/10.1007/s11142-013-9232-0
6. Goncharov I., Riedl E. J., Sellhorn T. Fair value and audit fees // Review of Accounting Studies. – 2014. – Vol. 19, No. 1. – P. 210–241. – DOI: https://doi.org/10.1007/s11142-013-9248-5
7. Sundgren S., Mäki J., Somoza-López A. Analyst coverage, market liquidity and disclosure quality: A study of fair-value disclosures by European real estate companies under IAS 40 and IFRS 13 // The International Journal of Accounting. – 2018. – Vol. 53, No. 1. – P. 54–75. – DOI: https://doi.org/10.1016/j.intacc.2018.02.003
8. So S., Smith M. Value-relevance of presenting changes in fair value of investment properties in the income statement: Evidence from Hong Kong // Accounting and Business Research. – 2009. – Vol. 39, No. 2. – P. 103–118. – DOI: https://doi.org/10.1080/00014788.2009.9663352
9. Avlokulov A.Z. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsion mulk hisobi va auditini takomillashtirish: iqtisod fanlari nomzodi dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 2007. – 24 b.
10. To‘rayev A.N. va boshqalar. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2019. – 332 b.
11. Хамдамов Б. К., Обидхонов Х. Х. Учет инвестиционной недвижимости в Республике Узбекистан и её гармонизация с МСФО // Инновации в экономике. – 2023. – № 1. – С. 22–28.
12. Astanakulov O.T. Korxonalar investitsiya faoliyati tahlili metodologiyasini takomillashtirish: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi. – Toshkent, 2020. – 72 b.
13. International Accounting Standards Board. IAS 40 Investment Property. IFRS Foundation; International Accounting Standards Board. IAS 16 Property, Plant and Equipment. IFRS Foundation; International Accounting Standards Board. IFRS 13 Fair Value Measurement. IFRS Foundation; International Accounting Standards Board. IAS 36 Impairment of Assets. IFRS Foundation.
14. IAS 40 Investment Property va “O‘ztransgaz” AJ 2024–2025-yillar moliyaviy hisobotlari.
15. “O‘ztransgaz” AJning investitsiya ko‘chmas mulki hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalarni joriy etish to‘g‘risidagi 2026-yil 16-martdagi 03/17-son ma’lumotnomasi.







