OG‘IR SHAROITLI TUMANLARDA BARQARORLIK REYTINGI YUQORI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI UCHUN MOL-MULK SOLIG‘I BO‘YICHA DIFFERENSIAL IMTIYOZLI STAVKALAR QO‘LLASH SAMARADORLIGI

Authors

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.17792039

Keywords:

barqarorlik reytingi, mol-mulk solig‘i, differensial soliq stavkalari, regressiv imtiyozlar, og‘ir sharoitli tumanlar, place-based soliq siyosati, difference-in-differences, kichik biznes faolligi, fiskal barqarorlik.

Abstract

Maqolada O‘zbekistonning og‘ir sharoitli (4–5-toifa) tumanlarida faoliyat yuritayotgan va barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha differensial, jumladan regressiv imtiyozli stavkalar qo‘llash samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi reytingga bog‘langan imtiyozli stavkalar tizimining kichik biznes faolligi, bandlik, investitsiyalar va budjet tushumlariga ta’sirini baholash uchun kompleks uslubiy model ishlab chiqishdan iborat. Metodologiya sifatida difference-in-differences (DID) yondashuvi, panel ma’lumotlar regressiyasi, hududiy fiksirlangan effektlar va solishtirma tahlil qo‘llanadi. Statistika agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi ma’lumotlari asosida og‘ir va nisbatan rivojlangan tumanlar kesimida soliq imtiyozlari tatbiq etilgandan keyingi dinamikaga baho beriladi. Dastlabki hisob-kitoblar mol-mulk solig‘i stavkalarining pasaytirilishi og‘ir hududlarda kichik biznes zichligi va bandlik o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini, yo‘qotilgan mol-mulk solig‘i tushumining bir qismi QQS va boshqa soliqlar hisobiga qoplanishini ko‘rsatadi. Taklif etilgan reytingga bog‘langan regressiv stavkalar modeli resurslarni halol va barqaror korxonalarga manzilli yo‘naltirish hamda fiskal barqarorlikni saqlagan holda place-based soliq siyosatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–287-son Farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–39-son qarori.

3. William J. Baumol. (1996). Entrepreneurship: Productive, unproductive, and destructive. Journal of Business Venturing, 11(1), 3–22. https://doi.org/10.1016/0883-9026(94)00014-X

4. Jeffry A. Timmons. (1989). The Entrepreneurial Mind. Brick House Publishing Company. ISBN: 0931790840, 9780931790843. – p.187.

5. Kuckertz, A., & Wagner, M. (2010). A Systematic Literature Review of Sustainable Entrepreneurship Metrics. Journal of Business Venturing Insights, 14, 1–14.

6. Hyejin Ku va boshq. (2020), Journal of Public Economics: Norvegiyada hududiy diferensial soliq stavkalari bekor qilinishining natijalarini o‘rgangan tadqiqot chekka hududlarda bandlik sezilarli qisqarib, soliq imtiyozlari mavjud paytda ularning samaradorligi yuqori bo‘lganini ilmiy isbotlagan.

7. Nurmatov Sh.R. (2024) “Barqarorlik reytingi mezonlaridan samarali foydalanishni takomillashtirish” Journal of new century innovations. Volume-53_Issue-1_May, pp. 216-228.

8. Normurzaev, U. (2022). Hukumatimiz tomonidan soliq ma’murchiligi bo‘yicha 2018–2022- yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari natijalari.

9. Economics and Innovative Technologies, 10(5), 325–330. https://doi.org/10.55439/EIT/vol10_iss5/a35

10. Z.Abdullayev. “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi tizimi tahlili” – Innovations in Science and Technologies jurnal, 2025.

1

Downloads

Published

2025-12-02