OʻZBEKISTONDA INKLYUZIV OʻSISHNI TAʼMINLASHDA MAKROIQTISODIY SIYOSAT INSTRUMENTLARIDAN FOYDALANISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Eshmurod Raximov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Makroiqtisodiy siyosat va prognozlashtirish” kafedrasi dotsenti Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18824047

Keywords:

inklyuziv iqtisodiy oʻsish, makroiqtisodiy tartibga solish, fiskal siyosat, monetar siyosat, institutsional islohotlar, daromadlar tengsizligi, kambagʻallikni kamaytirish, inson kapitali, ijtimoiy barqarorlik

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston sharoitida inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda makroiqtisodiy siyosat instrumentlaridan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslarini yanada takomillashtirish masalalari kompleks tarzda tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida anʼanaviy iqtisodiy oʻsish modellari asosan miqdoriy koʻrsatkichlarga tayanishi va ijtimoiy taqsimot omillarini yetarli darajada hisobga olmasligi asoslab beriladi. Inklyuziv oʻsish konsepsiyasining nazariy tamoyillariga tayangan holda fiskal, monetar, investitsion va institutsional mexanizmlarning oʻzaro uygʻunlashuvi hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga taʼsir mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida inklyuziv oʻsishni boshqarishda faqat YaIM oʻsish surʼatlariga emas, balki daromadlar taqsimoti, kambagʻallik darajasi, bandlik sifati va inson kapitali rivojlanishini aks ettiruvchi natijaviy indikatorlar tizimiga tayangan holda koʻp bosqichli, integratsiyalashgan makroiqtisodiy modelni shakllantirish zarurligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi

References

1. World Bank. (2009). What is Inclusive Growth? Washington, DC: World Bank.

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyusiyasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi №841 sonli “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

3. International Monetary Fund. World Economic Outlook. Washington, DC.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–21-sonli Farmoni.

5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari (1995–2024-yillar). – https://stat.uz

1

Downloads

Published

2026-03-01