ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA TOVAR MODDIY ZAHIRALAR HARAKATINI HUJJATLASHTIRISH

Authors

  • Mansur Ibragimov Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti Author
  • Muhammadali Qurbonov Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Buxgalteriya hisobi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabasi Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.20176709

Keywords:

tovar moddiy zahiralar, hujjatlashtirish, ichki nazorat, elektron hujjat aylanishi.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada ishlab chiqarish korxonalarida tovar moddiy zahiralar (TMZ) harakatini hujjatlashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinib, TMZlarning korxona faoliyatidagi ahamiyati, ularni tasniflash usullari, harakatining asosiy bosqichlari hamda bu jarayonlarni hujjatlashtirishning huquqiy-me’yoriy asoslari o‘rganilgan. Maqolada elektron hujjat aylanishi va raqamlashtirishning afzalliklari, shuningdek, hujjatlashtirishning ichki nazorat, tahlil va auditdagi o‘rni atroflicha ko‘rib chiqilgan va korxonalar uchun samarali hujjatlashtirish tizimini yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil

13-apreldagi O‘RQ-619-son, so‘nggi tahrirlar bilan).

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 30.06.2020 yildagi 3259-son qarori bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) № 4 “Tovar-moddiy zaxiralar” (yangi tahrir).

3. International Accounting Standards Board (IASB). IAS 2 “Inventories” (xalqaro standart, BHMS 4-son asosida qo‘llaniladi). 2024-yilgi tahrir.

4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi. Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va inventarizatsiyasi bo‘yicha qo‘llanma (metodik tavsiyalar). Toshkent, 2024.

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Birlamchi hujjatlar shakllari va ularni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi qaror (№ 3259 va unga tegishli qo‘shimchalar).

2020–2025 yillar.

6. Abdurahmonov A.A. Ishlab chiqarish korxonalarida buxgalteriya hisobi (o‘quv qo‘llanma). Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2022. – 320 b.

7. Karimov M.M., Xo‘jayev Sh.Sh. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot (darslik). Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2023. – 512 b.

Downloads

Published

2026-04-01