PENSIYA JAMG‘ARMASI MOLIYAVIY BARQARORLIGIGA NORASMIY BANDLIK VA DEMOGRAFIK OMILLARNING TA’SIRINI EKONOMETRIK BAHOLASH

Authors

  • Doniyor Sherjonov Tashkent International University mustaqil tadqiqotchisi Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.21021396

Keywords:

pensiya jamg‘armasi, moliyaviy barqarorlik, norasmiy bandlik, demografik yuk, PAYG tizimi, ekonometrik model, ARDL, OLS, pensiya defitsiti

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, xususan, norasmiy bandlik va demografik o‘zgarishlar ekonometrik tahlil qilingan. Tadqiqotda 2012–2024-yillar oralig‘idagi makroiqtisodiy ma’lumotlardan foydalanilgan bo‘lib, taqsimlovchi (PAYG) pensiya tizimidagi defitsitning kengayishi muammosi o‘rganilgan. Tahlil metodologiyasi sifatida Dickey-Fuller (ADF) statsionarlik testi, Eng kichik kvadratlar usuli (OLS) va Avtoregressiv taqsimlangan kechikishlar (ARDL) modelidan foydalanildi. Olingan natijalar (R² = 0.549) shuni ko‘rsatdiki, norasmiy bandlik darajasi va demografik yuk koeffitsienti pensiya tizimi defitsitiga statistik ahamiyatli va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. ARDL modeli natijasida uzoq muddatli kointegratsion munosabat mavjudligi (ECT = -0.9025) aniqlandi, bu esa nomutanosibliklarning 90 foizi bir yil ichida muvozanatga qaytishini anglatadi. Ssenariy tahlillari shuni ko‘rsatdiki, agar norasmiy bandlik 20 foizga qisqartirilsa, Pensiya jamg‘armasi defitsiti koeffitsientini 17.19 foizdan
10.23 foizgacha pasaytirish imkoniyati mavjud. Maqola yakunida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan

References

1. Jumayev R. B. Aholi turmush darajasini barqarorligini ta’minlashda mehnatga haq to‘lash hisobini takomillashtirish // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – 2022. – Vol. 2, Issue 3. – B. 136–141.

2. O‘zbekistonda aholining “quyidan” keksayishi jarayoni boshlandi [Elektron resurs]. – Demografiya portali. – URL: https://demografiya.uz/uz/ilmiy-tahliliy-axborotnoma/o-zbekistonda-aholining-quyidan-keksayishi-jarayoni-boshlandi/

3. Holzmann R., Hinz R. P. Old Age Income Support in the 21st Century: An International Perspective on Pension Systems and Reform / R. Holzmann, R. P. Hinz. – Washington, D.C.: The World Bank, 2005. – 232 p.

4. Barr N., Diamond P. Reforming Pensions: Principles and Policy Choices / N. Barr, P. Diamond. – Oxford: Oxford University Press, 2008. – 350 p.

5. Bloom, D. E., & Canning, D. (2004). Global demographic change: Dimensions and economic significance. In Global demographic change: Economic impacts and policy challenges (pp. 9-56).

6. Berkinov, B. B., & Qalimbetov, M. M. (2021). O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 5, 12-20 b.

7. Toshmatov, Sh. (2022). Pensiya jamg‘armasi daromadlarini shakllantirishda soliq siyosatining o‘rni. Moliya va bank ishi, 3, 45-51 b.

Downloads

Published

2025-12-31