KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTINING XORIJ TAJRIBASI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Mirzabek Egamberganov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti. Muallif

##doi.readerDisplayName##:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18197260

Kalit so‘zlar:

kichik biznes, moliyalashtirish, bank kreditlari, tadbirkorlik, davlat budjeti, FinTech, real sektor, davlat-xususiy sheriklik

Abstrak

Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarini moliyalashtirishning xorijiy mamlakatlarda shakllangan amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar misolida kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda qo‘llanilayotgan bank kreditlari, mikromoliyalashtirish institutlari, venchur kapital, kredit kafolatlash jamg‘armalari, davlat subsidiyalari, grantlar hamda raqamli moliyaviy platformalarga asoslangan muqobil moliyalashtirish vositalarining institutsional va funksional xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, xorijiy tajribada kichik biznesni moliyalashtirishda risklarni kamaytirish, kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosidagi moliyalashtirish modellari, kredit reytingi va skoring tizimlari, moliyaviy texnologiyalar (FinTech) asosidagi innovatsion yеchimlar tahlil etilgan. Maqolada kichik biznes subyektlarining moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlari va real sektor bilan integratsiyalashgan holda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish masalalari iqtisodiy-statistik va taqqoslama tahlil usullari asosida baholangan.

Библиографические ссылки

1. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-son Qonuni. 2012-yil 2-may.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarori. 2021-yil 20-dekabr.

3. Jahon banki hisoboti, (https://www.worldbank.org/en/topic/smefinance ma’lumotlari asosida).

4. Doing-Business-2020-Comparing-Business-Regulation-in-190-Economies.

5. Stiglitz J.E., Weiss A. Credit Rationing in Markets with Imperfect Information // American Economic Review. – 1981. – Vol. 71, No. 3. – P. 393–410.

6. Berger A.N., Udell G.F. The Economics of Small Business Finance: The Roles of Private Equity and Debt Markets // Journal of Banking & Finance. – 1998. – Vol. 22. – P. 613–673.

7. Mustafakulov Sh.X. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning xorijiy tajribasi // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. – Toshkent, 2019. – №4. – B. 45–52.

8. Berkinov B.B. Kichik biznes subyektlarini kreditlashda risklarni boshqarish masalalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. – 156 b.

9. Abdugʻaniyev A. Kichik biznes va tadbirkorlikni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2018. – 180 b.

10. Gupta, V., Hanges, P., Dorfman, P., 2002. Cultural clusters: methodology and findings. J.World Bus. 37 (1), 11–15. Karolyi, G.A., Taboada, A.G., 2015.

11. Рыбин Е.В. Опыт поддержки малого и среднего бизнеса в России через банки развития//Банковское дело. – Москва, 2011. - №10. - С. 31-32.

12. www.SMEcorner.com

Загрузки

Nashr qilingan

2025-12-27