RAQAMLI BANKLARDA JALB QILINGAN RESURSLAR DAROMADLILIGI HOLATINI TAHLIL QILISH VA UNI OSHIRISH YO‘LLARI
##doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18650656Kalit so‘zlar:
raqamli banklar, resurs bazasi, jalb qilingan mablag‘lar, depozitlar, daromadlilik, banklararo resurslar, diversifikatsiya, bank samaradorligiAbstrak
Mazkur maqolada raqamli banklar faoliyatida jalb qilingan resurslar daromadliligi holati va unga ta’sir etuvchi omillar empirik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda “TBC Bank” AJ va “ANOR BANK” AJ misolida bank majburiyatlari tarkibi, depozitlar va boshqa jalb qilingan mablag‘lar dinamikasi hamda resurs bazasi diversifikatsiyasi darajasi o‘rganildi. Tahlil natijalari raqamli banklar resurs bazasining asosan mijozlar depozitlari hisobiga shakllanayotganini, so‘nggi yillarda banklararo va xalqaro moliyaviy resurslar ulushining ortib borayotganini ko‘rsatdi. Shuningdek, jalb qilingan mablag‘lar tarkibida qisqa muddatli resurslar ulushining yuqoriligi resurslar daromadliligi va likvidlikni boshqarish samaradorligiga ta’sir etishi asoslab berildi. Tadqiqot yakunida raqamli banklarda jalb qilingan resurslar daromadliligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi
Библиографические ссылки
1. McKinsey & Company. Global Banking Annual Review 2024. https://www.mckinsey.com
2. The Asian Banker. World’s top digital banks profitability report. – 2025. https://www.theasianbanker.com
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklarining kredit va depozitlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar. https://cbu.uz
4. Mishkin F.S. The Economics of Money, Banking and Financial Markets. – London: Pearson Education, 2022. – 680 p.
5. Rose P.S., Hudgins S.C. Bank Management and Financial Services. – New York: McGraw-Hill Education, 2021. – 720 p.
6. Levine R. Financial Intermediation and Growth: Theory and Evidence // Journal of Economic Literature. – 2020. – Vol. 58(3). – p. 45–89.
7. Boston Consulting Group. Global Digital Banking Report. – 2024. https://www.bcg.com
8. Abdullayeva Sh.Z. Bank menejmenti. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2023. – 312 b.
9. Jo‘rayev N. Tijorat banklari resurs bazasini boshqarish. – Toshkent: Moliya, 2022. – 256 b.
10. https://tbcbank.uz/uz/documents/shareholder/ - “TBC Bank” AJning ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
11. https://anorbank.uz/uz/about/investors/audit-report/ - “Anor Bank” AJning ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.







