AUDITORLIK FAOLIYATI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI ANIQLASH VA BAHOLASH
##doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18864584Kalit so‘zlar:
auditorlik faoliyati, audit tizimi, xalqaro audit standartlari (ISA), auditor mustaqilligi, professional institutlar, taqqoslama tahlilAbstrak
Mazkur tadqiqotda auditorlik faoliyatining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda uning taraqqiyotiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida Buyuk Britaniya, AQSh, Italiya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Malayziya va Rossiya kabi davlatlarning auditorlik tizimlari tarixiy, huquqiy va institutsional jihatdan solishtirma tahlil etilgan. Auditorlik faoliyatining rivojlanishida huquqiy-me’yoriy baza, professional institutlar, texnologik innovatsiyalar, auditorlarning mustaqilligi va kasbiy etikasi muhim omillar sifatida asoslab berilgan. Shuningdek, auditorlik tizimlarining xalqaro standartlarga (ISA) integratsiya darajasi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston auditorlik tizimini takomillashtirishda xorijiy tajribadan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish imkonini beradi
Библиографические ссылки
1. Akromov Sh.Sh. Audit tekshiruvini rejalashtirishda ilgʻor xorij tajribasi qoʻllash imkoniyatlari. “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ilmiy-ommabop jurnal oktabr, 2024-yil. № 10-son.
2. Robert A. Adamsning auditorlik faoliyatiga bergan nazariy ta’rifi.
3. Buyuk Britaniya auditorlik tizimining tarixiy shakllanishi va professional institutlar roli.
4. AQSh auditorlik tizimi va AICPA, PCAOB, SOX islohotlari.
5. Italiya, Germaniya va Fransiyada auditorlik faoliyatining huquqiy-institutsional modeli.
6. Yaponiya va Malayziya auditorlik tizimlarida etika va texnologiya uyg‘unligi.
7. Rossiya Federatsiyasida auditorlik faoliyatining davlat-nazoratli rivojlanish modeli.







