DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDAGI INSTITUTSIONAL VA MOLIYAVIY MUAMMOLAR

Mualliflar

  • Akbar Matkarimov Ma’mun universiteti, “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, PhD. Muallif
  • Gulira’no Ruzmetova Ma’mun universiteti, “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, PhD. Muallif

Kalit so‘zlar:

davlat-xususiy sheriklik, loyiha moliyalashtirish, xususiy investitsiya, davlat kafolati, moliyaviy risk, institutsional salohiyat, huquqiy noaniqlik, tender shaffofligi, infratuzilma, iqtisodiy samaradorlik.

Abstrak

Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirishda yuzaga kelayotgan institutsional, huquqiy, moliyaviy va boshqaruv muammolari iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tizimli, institutsional, SWOT, sabab-oqibat va loyiha moliyalashtirish tahlili usullaridan foydalanildi. Natijalar O‘zbekistonda DXSh loyihalarida huquqiy noaniqliklar, moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi, yuqori kredit foizlari, risklarning adolatli taqsimlanmasligi, investorlar ishonchining pastligi va tender jarayonlarida shaffoflik yetishmasligi asosiy muammolar ekanini ko‘rsatadi. Maqolada DXSh loyihalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, risklarni shartnomaviy asosda taqsimlash, elektron monitoringni kuchaytirish va davlat kafolatlari mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Библиографические ссылки

1. O‘zbekiston Respublikasi. (2019). “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son Qonun.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2024). “O‘zbekiston Respublikasida 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-son qaror.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2024). “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-son qaror.

4. World Bank. (2024). Public-Private Partnership Reference Guide. Version 3.0. World Bank PPP Resource Center.

5. Demirag I. et al. Risks and the financing of PPP: Perspectives from the financiers //The British Accounting Review. – 2011. – Т. 43. – №. 4. – P. 294-310.

6. Dwight L. Uzbekistan and Public-Private Partnerships: Country Lessons. – 2025. URL: https://www.elibrary.imf.org/view/journals/002/2025/144/article-A002-en.xml?utm

7. Krześ-Dobieszewska J. Managing Public–Private Partnership market in the times of economic crisis //Oeconomia Copernicana. – 2014. – Т. 5. – №. 2. – P. 63-74.

Загрузки

Nashr qilingan

2026-05-24