O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASHNING HOLATI HAMDA MOLIYAVIY MEXANIZMI

Mualliflar

##doi.readerDisplayName##:

https://doi.org/10.5281/zenodo.20746433

Kalit so‘zlar:

kambag‘allik, kambag‘allik chegarasi, aholini ijtimoiy himoyalash, moliyaviy mexanizm, davlat budjeti, nafaqa, moddiy yordam, kompensatsiya, ijtimoiy reyestr, manzilli moliyalashtirish

Abstrak

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoyalashning amaldagi holati, rivojlanish tendensiyalari hamda ushbu sohani moliyalashtirish mexanizmining samaradorligi kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy himoyani moliyalashtirish tizimida mavjud institutsional va moliyaviy muammolarni aniqlash hamda uni integratsiya, manzillilik, proaktivlik, tabaqalashtirish va natijadorlik tamoyillari asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda deskriptiv-statistik, qiyosiy, dinamik, tarkibiy va tizimli tahlil usullaridan foydalanilgan. Kambag‘allik darajasi, minimal iste’mol xarajatlari, aholi daromadlari, ish haqi, daromadlar tengsizligi va davlat budjetining ijtimoiy xarajatlari dinamikasi baholangan. Tahlil natijalari O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi sezilarli qisqarganini va ijtimoiy himoyani moliyalashtirish hajmi oshganini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, mavjud ma’lumotlarning turli reyestrlarda tarqoqligi, yordamning asosan murojaatga asoslanganligi, hududiy tafovutlar, transfertlarga bog‘liqlik va ijtimoiy yordamning bandlik bilan yetarli darajada bog‘lanmaganligi moliyaviy mexanizm samaradorligini cheklovchi omillar sifatida aniqlangan. Maqolada ijtimoiy himoya ma’lumotlarini yagona “Ijtimoiy reyestr” doirasida integratsiyalash, oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy holati va xavf darajasi bo‘yicha toifalash, moliyaviy yordamni differensial taqsimlash, sug‘urta nafaqalarini proaktiv hisoblash, bandlikni rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lovlarini haqiqiy ehtiyojga muvofiqlashtirish taklif etilgan. Xulosa sifatida, ijtimoiy himoya vositalarining yagona moliyaviy boshqaruv zanjirida ishlashi budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini, yordamning manzilliligini va aholining barqaror daromad manbalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini oshirishi asoslangan

Библиографические ссылки

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 544-son qarori bilan tasdiqlangan “Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.04.2025-yildagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-134-son Qarori

3. Sen, A. (1999). Development as freedom. Oxford University Press.

4. Smith, A. (1776). An inquiry into the nature and causes of the wealth of nations. W. Strahan & T. Cadell.

5. Ricardo, D. (1817). On the principles of political economy and taxation. John Murray.

6. Malthus, T. R. (1798). An essay on the principle of population. J. Johnson.

7. Keynes, J. M. (1936). The general theory of employment, interest and money. Macmillan.

8. Schultz, T. W. (1961). Investment in human capital. The American Economic Review, 51(1), 1–17.

9. Becker, G. S. (1964). Human capital: A theoretical and empirical analysis. Columbia University Press.

10. Banerjee, A. V., & Duflo, E. (2011). Poor economics: A radical rethinking of the way to fight global poverty. PublicAffairs.

11. Mustafaqulov Sh.I., Murodullaev N., Xamidov R., Raximberdiev O. O‘zbekistonda kambag‘allikni aniqlash va qisqartirish davlat siyosati darajasida // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. – 2020. – №1.

12. G‘aniev M.X., Sohodillaev Q.I. Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni kamaytirishda xorij tajribasi: monografiya. – Namangan, 2022. – 129 b.

13. Sholdarov D.A. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishning konseptual asoslari: i.f.d. (DSc) diss. avtoreferati. – Toshkent, 2024.

14. Vosiqov U.A. Aholi daromadlari tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirishda fiskal siyosatdan foydalanish: i.f.d. (DSc) diss. avtoreferati. – Toshkent, 2025.

15. Xayitov Sh.N. Kambag‘allikni qisqartirish asosida aholi bandligi va farovonlik darajasini oshirish metodologiyasini takomillashtirish: i.f.d. (DSc) diss. avtoreferati. – Toshkent, 2025.

16. Aliyev M.K. O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalarning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish: PhD diss. avtoreferati. – Toshkent, 2025.

17. Usmanova A.A. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda fiskal instrumentlardan foydalanish istiqbollari: PhD diss. avtoreferati. – Toshkent, 2024.

18. Mirzamaxmudova M.O. Aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlarini aniqlashning nazariy asoslarini takomillashtirish: PhD diss. avtoreferati. – Toshkent, 2022.

19. International Labour Organization. World Social Protection Report 2024–26. – Geneva: ILO, 2024.

20. World Bank. State of Social Protection Report 2025: The 2-Billion-Person Challenge. – Washington, DC: World Bank, 2025.

21. Khamdamov Sh.K. Social protection and poverty alleviation: financing strategies and comparative practices in developed and developing countries. (2024). Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, 4(04), 264-270.

22. https://stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti.

23. https://openbudget.uz - O‘zbekiston Respublikasi ochiq budjet axborot portal

Загрузки

Nashr qilingan

2026-02-28