NEFT-GAZ LOYIHALARIDA XARAJATLARNI QOPLASH VA FISKAL MANFAATLAR MUVOZANATINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI
Kalit so‘zlar:
mahsulot taqsimotiga oid bitim (MTB), neft-gaz loyihalari, xarajatlarni qoplash, fiskal mexanizm, kompensatsiya mahsuloti, gold plating, loyihaoldi ekspertizasi, raqamli monitoringAbstrak
Maqolada O‘zbekistonda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (MTB) asosida amalga oshiriladigan neft-gaz loyihalarida xarajatlarni qoplash hamda davlat va investorning fiskal manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash mexanizmlari tadqiq etilgan. MTB sharoitida investorning geologiya-qidiruv va qazib olish xarajatlarini o‘z mablag‘lari va tavakkali hisobidan moliyalashtirishi, keyinchalik esa yo‘l qo‘yiladigan xarajatlarni kompensatsiya mahsuloti hisobidan qoplashi mazkur tizimning asosiy xususiyati sifatida baholangan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunchilik hujjatlari asosida MTBlarning fiskal va institutsional mexanizmlari tahlil qilingan. Xarajatlarni nazorat qilishni loyihaoldi hujjatlari, texnik yechimlar, moliyaviy model va xaridlar strategiyasi shakllanish bosqichidan boshlash zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijasida xarajatlarni texnik zarurlik, bozorga moslik va shartnomaviy ruxsat etilganlik mezonlari asosida baholash modeli, “gold plating” xavfini aniqlash algoritmi, bog‘liq tomonlar operatsiyalarini nazorat qilish mexanizmi hamda raqamli, riskka asoslangan monitoring tizimi taklif etilgan
Yuklashlar
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF–259-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2025.
2. Johnston D. International Petroleum Fiscal Systems and Production Sharing Contracts. – Tulsa, OK : PennWell Books, 1994. – IX, 325 p. – ISBN 0-87814-426-9.
3. United Nations. United Nations Handbook on Selected Issues for Taxation of the Extractive Industries by Developing Countries. – New York : United Nations, 2018. – XV, 473 p. – ISBN 978-92-1-159123-1.
4. OECD. OECD Transfer Pricing Guidelines for Multinational Enterprises and Tax Administrations 2022. – Paris : OECD Publishing, 2022. – 659 p. – DOI: 10.1787/0e655865-en.
5. Nakhle C. Petroleum Fiscal Regimes: Evolution and Challenges // The Taxation of Petroleum and Minerals: Principles, Problems and Practice / ed. by P. Daniel, M. Keen, C. McPherson. – Abingdon; New York : Routledge, 2010. – P. 89–121.
6. Johnson C. J. Establishing an Effective Production Sharing Type Regime for Petroleum // Resources Policy. – 1981. – Vol. 7, No. 2. – P. 129–141. – DOI: 10.1016/0301-4207(81)90036-2.
7. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 312-II-son “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 2002. – 1-son. – 12-modda.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–332-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2022.
9. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ–599-son Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – 2019.
10. Бойкабилов Б. НДС при реализации товаров участникам СРП // Налоговые и таможенные вести. – 2021. – 4 мая. – № 18 (1394).







