SUG‘URTA ZAXIRALARINI SHAKLLANTIRISH VA BOSHQARISHNING SUG‘URTA TASHKILOTLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI
##doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.22878929Kalit so‘zlar:
sug‘urta zaxiralari, sug‘urta mukofoti, sug‘urta to‘lovi, aktuar hisob-kitob, moliyaviy barqarorlik, to‘lovga qobiliyatlilik, sug‘urta riski, qayta sug‘urtalash, zararlar zaxirasi, ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi.Abstrak
Mazkur maqolada sug‘urta zaxiralarining iqtisodiy mohiyati, ularni shakllantirishning nazariy va uslubiy asoslari hamda sug‘urta tashkilotlari moliyaviy barqarorligini ta’minlashdagi roli tadqiq etilgan. Sug‘urta zaxiralarining ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi, ma’lum qilingan, biroq tartibga solinmagan zararlar zaxirasi, sodir bo‘lgan, biroq ma’lum qilinmagan zararlar zaxirasi va uzoq muddatli sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha zaxiralar kabi asosiy shakllari tizimlashtirilgan. Tadqiqotda tizimli, qiyosiy, statistik, aktuar va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanilgan. O‘zbekiston sug‘urta bozorining 2024-yil yakunlari va 2026-yil I-choragi bo‘yicha ochiq rasmiy ma’lumotlari asosida sug‘urta mukofotlari va to‘lovlari dinamikasi tahlil qilinib, zaxiralarga bo‘lgan talabni kuchaytiruvchi omillar aniqlangan. Tadqiqot natijasida zaxiralarni riskka asoslangan baholash, stress-test, aktuar modellashtirish, qayta sug‘urtalash va aktiv-majburiyatlarni muvofiqlashtirish mexanizmlarini integratsiyalash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Yuklashlar
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi. O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining 2024-yil yakuni bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlari. – Toshkent, 2025. – 28 b. – URL: https://napp.uz/oz/news/statistics-and-analysis-for-im-2024
2. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi. O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlari. – Toshkent, 2026. – URL: https://napp.uz/oz/pages/statistics-and-analysis-for-im
3. Sobirov H.R. O‘zbekiston sug‘urta tarixidan // O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. – 2000. – № 10. – B. 57.
4. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: darslik. – Toshkent: Noshir, 2011. – 712 b. – ISBN 978-9943-353-52-7.
5. Abduraxmonov I.X. Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2018. – 416 b. – ISBN 978-9943-13-726-4.
6. Najimova N. Sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta zaxiralarini hisobga olishni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish // Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting. – 2026. – Vol. 6, № 03. – B. 20–31. – DOI: 10.55439/AFA/vol6_iss03/1333.
7. Xolbayev A.Y. Sug‘urta tashkilotlari faoliyatida moliyaviy barqarorlikni boshqarish tizimi // O‘zbekiston sug‘urta bozori. – 2026. – Jild 3, № 1. – B. 20–24. – DOI: 10.55439/INS/vol3_iss1/356.
8. Abdujalilova G.S. O‘zbekiston sug‘urta amaliyotida umr davomiyligi funksiyalarini aniqlashda aktuar hisoblarning o‘rni // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. – 2025. – Jild 3, № 4. – B. 8–12. – DOI: 10.5281/zenodo.15233322.
9. Tuxtarova M.Y. Mol-mulk sug‘urtasida risklarni baholash va anderrayting metodologiyasini takomillashtirish // O‘zbekiston sug‘urta bozori. – 2026. – Jild 3, № 5. – B. 44–48. – DOI: 10.55439/INS/vol3_iss5/507.
10. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi. O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining 2025-yil yakunlari bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlari. – Toshkent, 2026. – 29 b. – URL: https://napp.uz/oz/pages/statistics-and-analysis-for-im
11. IFRS Foundation. IFRS 17 Insurance Contracts. – London: IFRS Foundation, 2023. – 180 p.







