MAHALLIY BUDJETLAR DAROMADLARINI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH: ILMIY-METODOLOGIK YONDASHUV
##doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21399546Kalit so‘zlar:
mahalliy budjet, mahalliy budjetlar daromadlari, daromadlarni tartibga solish, soliq siyosati, soliq bazasi, soliq ma’murchiligi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, soliq imtiyozlari, fiskal salohiyat, hududiy rivojlanish, moliyaviy barqarorlik.Abstrak
Mazkur maqolada mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantirish va tartibga solishga ta’sir etuvchi iqtisodiy, institutsional hamda moliyaviy omillar tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq yukini mutanosiblashtirishning ilmiy-metodologik yondashuvi ishlab chiqilgan, biznes subyektlarini mikro, kichik va o‘rta toifalarga ajratish asosida differensial soliq imtiyozlarini qo‘llash mexanizmi taklif etilgan. Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda aylanmadan olinadigan soliqni tuman va shahar budjetlariga biriktirish orqali mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash hamda ularning moliyaviy mustaqilligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari mahalliy budjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish, soliq bazasini kengaytirish va hududlarning fiskal barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni.
3. Musgrave R.A., Musgrave P.B. Public Finance in Theory and Practice. – New York: McGraw-Hill, 1989. – 627 p.
4. Oates W.E. Fiscal Federalism. – New York: Harcourt Brace Jovanovich, 1972. – 256 p.
5. Boadway R., Shah A. Fiscal Federalism: Principles and Practice of Multiorder Governance. – Cambridge: Cambridge University Press, 2009. – 620 p.
6. Bahl R., Martinez-Vazquez J. Fiscal Decentralization and Local Finance in Developing Countries. – Cheltenham: Edward Elgar Publishing, 2006. – 512 p.
7. OECD. Making Decentralisation Work: A Handbook for Policy-Makers. – Paris: OECD Publishing, 2019.
8. World Bank. Fiscal Decentralization and Local Finance. – Washington, DC: World Bank, 2017.
9. Ochilov B. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsion jozibadorlikni yaxshilash masalalari // Iqtisodiyot va taʼlim. – 2023. – Т. 24. – № 1. – B. 75–81.
10. Malikov T.S. Moliya: nazariy asoslari. – Toshkent: NUR DURDONALARI, 2021. – 296 b.
11. O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-891-son Qonuni.
12. Muallif takliflarining amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-apreldagi 06/57-1-9234-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan.
13. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 30-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni.







